26.10.2026

Xaridlarni muddatli to‘lov asosida moliyalashtirish: Kapitalbankdan biznes uchun yangi keng ko‘lamli yechimlar

Kapitalbank yuridik shaxslar uchun 10 mlrd so‘mdan boshlab bo‘lib to‘lash sharti asosida moliyalashtirish dasturini ishga tushirmoqda. Yangi moliyaviy vosita korxonalarga foizlar, jarimalar va yashirin komissiyalarsiz, qo‘shimcha kelishuvlarga vaqt sarflamasdan, zarur uskunalar, xomashyo va tovarlarni shaffof hamda qat’iy belgilangan shartlarda xarid qilish imkonini beradi.

 

Dastur shartlariga ko‘ra, moliyalashtirish milliy va xorijiy valyutalarda taqdim etilishi mumkin. Kapitalbankning ixtisoslashgan hamkorlari mijoz topshirig‘iga binoan tovarlarni xarid qilib, oldindan belgilangan ustama narx bilan mijozga topshiradi. Yetkazib berilgan mahsulotlar uchun to‘lovlar 60 oygacha bo‘lgan muddatga mo‘ljallangan individual jadval asosida teng miqdorda amalga oshiriladi. Moliyalashtirishdan qulay foydalanishni ta’minlash maqsadida 6 oygacha imtiyozli davr ham nazarda tutilgan.

 

— Dastur shartlarning shaffofligini qadrlaydigan va o‘z aylanma mablag‘larini jalb qilmasdan xaridlarni tezkor amalga oshirishga intiladigan biznes vakillari uchun yaratilgan, — deya ta’kidlaydi «Kapitalbank» ATB Korporativ kreditlash departamenti direktori Petr Tsoy. — Ochiq moliyalashtirish liniyasi doirasida bitimlar tuzish korxonalarga hujjatlarni qayta-qayta yig‘ish va uzluksiz kelishuvlarga vaqt sarflamasdan, ehtiyoj tug‘ilganda moliyalashtirishdan tezkor foydalanish imkonini beradi.

 

Moliyalashtirish shartnomasini Kapitalbankning Toshkent shahridagi filiallarida rasmiylashtirish mumkin. Bank mutaxassislari bosh kelishuv doirasidagi moliyalashtirish liniyasi parametrlarini hisoblashda yordam beradi va biznes maqsadlariga mos keladigan maqbul to‘lov jadvalini tanlashga ko‘maklashadi.

 

Batafsil ma’lumot olish va ariza topshirish uchun Kapitalbankning Toshkent shahridagi istalgan filialining korporativ kreditlash bo‘limiga murojaat qilish yoki shaxsiy menejer bilan bog‘lanish mumkin. Shuningdek, savollar bilan +998 78 148 11 22 telefon raqami yoki korporativ mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatining 1278 qisqa raqami orqali murojaat qilish mumkin.