ESG

27.04.2026

Shunchaki hordiqdan ham ko‘proq: «Kapitalbank» Botanika bog‘ida «Eco-Zone Family» hududini ochdi

Yangi maydonchamiz — bankimizning 25 yilligi munosabati bilan start berilgan «Eco-Zone Kapitalbank» loyihasining yorqin davomiga aylandi. Bu — zamonaviy texnologiyalar tabiat bilan uchrashib, har bir mehmon uchun mukammal muvozanatni yaratadigan makondir.

Site 700x500 13.png


Botanika bog‘ining qoq markazida — maxsus oilaviy hordiq uchun yaratilgan lokatsiya — «Eco-Zone Family» paydo bo‘ldi. Kichkina xayolparastlar ochiq havoda ijod qilishlari uchun biz bu yerda shinam arg‘imchoqlar va bolalar ijodiyoti uchun stollar o‘rnatdik. Loyiha haqiqatan ham «yashil» bo‘lishi uchun esa — hududni quyosh panellari bilan jihozladik, endilikda quyoshning o‘z energiyasi hordig‘ingizni qulay qilishga yordam beradi.

Site 700x500 11.png


Biz uchun bu shunchaki infratuzilma emas — balki kelajakka hamda ongli iste’mol madaniyatiga qo‘shilgan hissadir. Ishonamizki, bunday texnologik eko-vohalar shahar qiyofasini va resurslarga bo‘lgan munosabatimizni o‘zgartiradi.

Site 700x500 6.png


Avvalroq ushbu loyiha doirasida — «Lokomotiv» bog‘ida funksional ishchi hudud va tabiiy landshaftni birlashtirgan birinchi lokatsiya — «Eco-Coworking Space» muvaffaqiyatli ishga tushirilgan edi.

Site 700x500 5.png


Sizni yangi «Eco-Zone Family» hududiga tashrif buyurishga hamda osoyishtalik va ilhom muhitida vaqt o‘tkazishga taklif qilamiz. Shahrimiz aholisining qulayligi va farovonligiga xizmat qiluvchi makonlar yaratishdan mamnunmiz — «Eco-Zone»da ko‘rishguncha!

Site 700x500 2.png