13.04.2026

Savdodan tushgan pul mablag'larini «Kapitalbank» ATB bankomatlari orqali topshiring va banknot hisoblagichni yutib oling

Kapitalbank o‘zining 25 yilligini nishonlash doirasida kichik biznes bo’g’inidagi korporativ mijozlar uchun yangi aksiyani tayyorladi. BS/2 Tashkent Xalqaro texnologik hamkor bilan birgalikda biz “Mustaqil inkassatsiya qilish” xizmatidan foydalanuvchilar orasida 10 ta professional banknotani hisoblash qurilmasini o‘ynaymiz.

Ushbu tashabbusning maqsadi — O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Inkassatsiyani Kapitalbankning yangi yuqori texnologiyali bankomatlari orqali yanada qulay masofaviy formatga o‘tkazish tadbirkorlarga tushumlarini 24/7 rejimida bank kassalari va navbatlarni chetlab o‘tgan holda o‘z hisob raqamlariga o’tkazish imkonini beradi.

Kichik tadbirkorlik sohasidagi korporativ mijozlar 2026-yil 15-apreldan 15-iyungacha bo‘lgan davrda mustaqil inkassatsiya qilish xizmatidan foydalangan holda aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular Kapitalbank bankomatlari orqali har bir operatsiya uchun 5 mln so‘mdan boshlangan inkassatsiya summasi amalga oshirilishi shart.

Aksiyaning sovrin jamg‘armasi — Bankosa BK35 rusumidagi 10 ta professional banknota hisoblagichlari. Ularning egalari to’g’ridan-to’g’ri efirda o‘tkaziladigan qur’a tashlash orqali aniqlanadi. O’yin natijalari iyun oyining oxirida ma’lum bo‘ladi.

Aksiya hamkori BS/2 Tashkent kompaniyasi bank xizmatlarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Penki Kontinentai guruhi tarkibiga kiradi. Bankosa BK35 hisoblagichlari — bu yuqori samarali qurilmalar bo‘lib, bir daqiqada 1500 tagacha banknotani sanash imkoniyatiga ega. Bu esa savdo shahobchalarida naqd pul bilan ishlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.

— «Kapitalbank 25 yildan beri Oʻzbekistonda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Bizning yubileyimiz – bu korporativ mijozlarimizga nafaqat texnologik jihatdan ilgʻor bank xizmatlarini taqdim etish, balki kundalik hayotda samaraliroq ishlashga yordam beradigan vositalarni ham taklif qilib, ularga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir» — deb taʼkidlaydi “Kapitalbank” ATB kichik biznes departamenti direktori Akmal Fayziev.

Aksiya ofertasi — havola orqali mavjud, muhim tafsilotlarni, shuningdek, Kapitalbank filiallarida va 1278 raqami orqali ham bilib olish mumkin.