Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Agar Siz xorijiy valyutada pul mablag‘lari mavjud bo‘lmagan holatda import tovarlarini tezkor sotib olish zarurati bo‘lgan faoliyat (shu jumladan, savdo) bilan shug‘ullansangiz, unda bizning Bankda akkreditiv ochish bo‘yicha bitim tuzish ayni Siz uchun!
Akkreditiv – bu bankning applikant (mijoz-xaridor) topshirig‘iga asosan kelishilgan valyutada tomonlar o‘rtasida belgilangan summani, belgilangan muddatda akkreditiv shartlarida ko‘zda tutilgan hujjatlar taqdim etilganidan keyin, benefitsiar (sotuvchi) foydasiga to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan pul majburiyatidir.

Dokumentar akkreditivlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish mijozlarning tashqi savdo operatsiyalari kengayishiga, pul oqimlarining ko‘payishiga, xorijiy hamkorlar va ularning banklari bilan ishonchli munosabatlarning rivojlanishi va mustahkamlanishiga yordam beradi.

Bitim bo‘yicha asosiy shartlar:

  • Post-moliyalashtirish/diskontlangan/kechiktirilgan to'lov bilan tasdiqlangan akkreditivlarning amal qilish muddati – 360 kundan kam bo‘lmasligi;
  • Foiz stavkasi – kelishuvga muvofiq;
  • Ta’minot – ko‘chmas mulk, avtotransport, depozitlar, maxsus texnika va Qonunchilikka muvofiq boshqa likvid mol-mulk;
  • Aralash ta’minot ham bo‘lishi mumkin.
  • Bitimning boshqa xarajatlari – xorijiy bank ta’rifiga muvofiq.

Ushbu moliyaviy bitim uni amalga oshirishda quyidagi bir qator afzalliklarni ko‘zda tutadi:

  • to‘lov instrumenti ko‘rinishidagi xalqaro huquqiy ishonchlilik;
  • qisqa muddatli sifatli moliyalashtirish vositasi;
  • xorijiy yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni tezkor amalga oshirish imkoniyati;
  • xizmat ko‘rsatish shartlarini belgilash va hamkorlikni tashkil etish vaqtida individuallik;
  • tuzilgan bitim doirasida tomonlar o‘rtasidagi to‘lov qobiliyati va o‘zaro hisob-kitoblarning kafolatlari;
  • applikant (xaridor) tomonidan to‘lamaslik xavfidan benefitsiar (sotuvchi) foydasiga himoya

Dokumentar qoplanmagan akkreditivni qanday ochish mumkin:

1

Maslahat
Joylashgan manzili Siz uchun qulay bo‘lgan Bank filialini tanlang va Bank mutaxassisi bilan uchrashuv haqida kelishib oling. Uchrashuv vaqtida Bank mutaxassisi akkreditiv ochish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishtiradi, ularning shakli va mazmuni bo‘yicha maslahatlar beradi hamda Sizning barcha savollaringizga javob beradi.

2

Hujjatlarni yig’ish va akkreditiv ochish uchun arizani rasmiylashtirish
Zarur hujjatlarning to‘liq paketini to’plang. Bank mutaxassisi bilan uchrashuv vaqtida u bilan birgalikda akkreditiv ochish uchun ariza (rasmiy ariza)ni to‘ldiring va zarur hujjatlarning to‘liq paketini topshiring. Bank mutaxassisi Sizning akkreditiv ochish uchun arizangiz (rasmiy ariza) va taqdim etilgan hujjatlar paketini o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqish uchun qabul qiladi.

3

Bank tomonidan o‘rnatilgan tartibda rasmiy arizani ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish
Bank tomonidan rasmiy ariza bo‘yicha qaror qabul qilish muddati, Bankka zarur hujjatlarning to‘liq paketi ilova qilingan akkreditiv ochish bo‘yicha ariza (rasmiy ariza)ning kelib tushgan kunidan boshlab 20 ish kunidan oshmaydi. Bank tomonidan ariza (rasmiy ariza)ni ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish muddati Siz tomoningizdan taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligiga bog‘liq.

4

Akkreditiv ochish haqidagi shartnomani tuzish va ta’minotni rasmiylashtirish
Bankning ijobiy qaroridan keyin Siz tegishli shartnomani imzolaysiz va belgilangan tartibda akkreditiv ochish uchun ta’minotni rasmiylashtirasiz.

5

Akkreditiv ochish
Akkreditiv, import kontrakt va shartnomalar shartlariga muvofiq, akkreditiv ochish bo‘yicha maxsus shakldagi arizani to‘ldirish orqali ochiladi.

Maslahat uchun so'rov qoldiring

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech