Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
mob.png

Bank mijozlari – yuridik shaxslar uchun moʻljallangan, Android (4.0 versiyasidan past boʻlmagan) va iOS (9.0 versiyasidan past boʻlmagan) platformalarida ishlovchi «Mobile24» mobil ilovasi.

«Mobile24» mobil ilovasi imkoniyatlari:


  • Oʻz hisob raqamlari toʻgʻrisidagi axborotni koʻrib borish;
  • Har qanday kun uchun kiruvchi / chiquvchi hujjatlarni koʻrib borish;
  • Bugungi kun yoki kelgusi kun uchun bir hafta oldin bankka toʻlov topshiriqnomalarini joʻnatish;
  • Hujjatlar namunasini yuritish;
  • Toʻlov topshiriqnomalarini avtomatik tarzda raqamlab borish;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotnomalarini koʻrib borish (MFO, Toʻlov tayinlanishi kodlari va boshqalar);
  • Har qanday mezonlar boʻyicha maʼlumotnomalarda qidiruv;
  • Hisobotlarni olish;
  • Debet va / yoki kredit operatsiyalari holatida Online-xabarnoma.

Himoya vositalari:


  • Login / parol (tizimga kirish uchun login / parol 5 marta notoʻgʻri kiritilganda hisob yozuvi bloklanadi);
  • Tizimga faqat roʻyxatdan oʻtgan telefon raqamlari orqali kirish;
  • Mijoz iOS da jailbreak hamda Android da root-modifikatsiya orqali oʻzgartirilgan tizim dasturiy taʼminotiga ega moslamalarni qoʻllamasligi lozim;
  • Toʻlovni faqat foydalanuvchiga maʼlum maxfiy kod yordamida tasdiqlash;
  • Foydalanuvchiga tizim imkoniyatlariga kirishini rollar boʻyicha cheklash;
  • Maʼlumotlarni Thawte SSL CA sertifikati qoʻllanilgan holda SSL himoya protokoli boʻyicha oʻtkazish.

Boshqa imkoniyatlar:


  • Filiallar toʻgʻrisida axborot (MFO, manzil, telefon, xaritada joylashishi va boshqalar);
  • Bank yangiliklari;
  • Bank toʻgʻrisida axborot;
  • Operatsion kunni uzaytirish;
  • Ochiq balans kunlari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasi;
  • EKIH;
  • Sozlanadigan valyuta kurslari;
  • Texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan qayta aloqa;
  • Oʻzbek, rus va ingliz tillaridagi interfeys;

Ilovani Play Market va Appstore da yuklab olish mumkin.

Ilovani yuklab olish uchun QR-kod (oʻz mobil moslamangizdagi QR-kodni oʻquvchi maxsus ilovadan foydalaning).

qrcode.png«Mobile24» tizimiga xizmat koʻrsatish uchun shartnoma namunasi.

Batafsil maʼlumot olish uchun siz (99871) 140-91-44, (99871) 140-91-55 telefon raqamlari orqali murojaat etishingiz yoki xabaringizni mobile24@kapitalbank.uz elektron pochtasiga joʻnatishingiz mumkin.

So’rov

Bizning saytimiz sizga yoqdimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech