Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun muddatni kechiktirishni taqdim etish.
10 Apr 2020

"Kapitalbank" ATB qarzdorlikni (asosiy qarzni) to'lashni kechiktirish va yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun yakuniy to'lov muddatini uzaytirish masalasini ko'rib chiqishga tayyor.

Karantin rejimi joriy etilishidan aziyat chekkan qarz oluvchilar to'lovlarni kechiktirish uchun murojaat qilishlari mumkin. Bank har bir murojaatni alohida ko'rib chiqadi va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy moliyaviy oqibatlarni oldini olishga yordam beradi.

Agar mavjud kredit bo'yicha imtiyozli davrni olish uchun bankka kelishning imkoni bo'lmasa, qarz oluvchi tomonidan to'ldirilib imzolanishi va muhrlangan bo'lishi kerak bo'lgan (ariza shaklini havoladan yuklab olish mumkin) arizaning fotosuratini [email protected] elektron pochtasi yoki https://t.me/Kapitalbank_support telegram kanali orqali yuborishingiz mumkin.

Arizada kredit to'lovlarini to'lash muddatlarini uzaytirishning asosli sababi va qarz oluvchining imtiyozli davrni berish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kun ichida qarzni to'lash muddatini kechiktirish uchun barcha zarur hujjatlarni taqdim etish va imzolash majburiyatlarini o'z ichiga olgan bo'lishi lozim. Agar mijoz karantin rejimi tugaganidan keyin bank tomonidan belgilangan muddatda hujjatlar taqdim etilishini va rasmiylashtirilishini ta'minlamasa, bank ilgari berilgan imtiyozli davrni bekor qiladi va shartnomaning boshlang'ich shartlarini qaytaradi.

Telefon: +99878 148 40 08

Arizadan namuna
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 2283

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech