Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Uzum va Kapitalbank havo sifati monitoringi datchiklarini o‘rnatadi va butun mamlakat bo‘ylab daraxtlar ekib chiqadi
9 Feb 2024
«Havodek zarur» loyihasi davlatning havo sifatini nazorat qilish va saqlash sohasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Yil davomida Uzum va Kapitalbank loyihaga kompaniyalar byudjeti va aksiyadorlarning shaxsiy mablag‘laridan $100 ming miqdorida sarmoya kiritadi.

Sinov davrida biz Uzum va Kapitalbank ofislarida, butun O‘zbekistob bo‘ylab Uzum Market milliy marketpleysining buyurtma tarqatish punktlarida, shuningdek, bankning filiallarida 30 ta IQ Air havo monitoringi datchiklari o'rnatamiz. Atigi esa yil davomida datchiklar mamlakatning barcha hududlarida 50 dan ortiq aholi punktlarida paydo bo‘ladi.

— Uzum milliy raqamli ekotizimining infratuzilmasi mamlakatning barcha hududlarida mavjud bo‘lib, biz undan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish uchun faol foydalanmoqdamiz, xoh u ONA jamg‘armasining hududlardagi bolalar uchun xayriya yordamini yetkazib berish, xoh havo sifatini nazorat qilish tizimini amalga oshirish bo'lsin, — deydi Uzum bosh direktori Djasur Djumayev. — Bugungi kunda bizga texnologiyalar havodek zarur, va texnologik yechimlar va ular bilan birga odamlarning mehnati butun mamlakat bo‘ylab toza havoni saqlashga yordam berishi kerak. Davlat organlari, jamoat tashkilotlari va, albatta, Uzum jamoasi ko‘magida biz bu qiyin vazifani hal qilmoqchimiz.

— Biz uchun mamlakatning eng yirik xususiy banklaridan biri sifatida kelajakda ishonchlilik va aminlik muhim, shu sababli millionlab o‘zbekistonliklar bizni tanlaydilar va ushbu aminlikka biz mablag‘ va kuch sarflashga tayyormiz, — deydi Kapitalbank boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy. — Toza havoning ahamiyatini ortiqcha baholash qiyin va biz ushbu eng qimmatli aktivni saqlab qolish uchun o‘z hissamizni qo‘shishdan xursandmiz.

Joriy yilning bahorida bizning hodimlarimiz respublika hasharini o'tkazadilar, uning davomida Uzum Market milliy marketpleysining buyurtmalarini tarqatish punktlari, shuningdek bank ofislari va filiallarining yonida daraxtlarni ekib chiqishadi. Daraxtlarning koordinatalari Ekologiya vazirligiga ular haqidagi ma’lumotlarni yagona raqamli «Yashil makon» platformasiga kiritish uchun topshiriladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 452

Yana ko’ring:

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech