Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Uch kunlik BankExpo koʻrgazmasi oʻz nihoyasiga yetdi. U Oʻzbekistondagi bank-moliya xizmatlariga bagʻishlangan boʻlib, unda har yili sohaning eng yaxshi mutaxassislari ishtirok etadi.
15 Apr 2019
Anjuman zali sahnasida SWIFT va Oracle kabi yirik korporatsiyalar vakillari boʻlib, tegishli dolzarb axborot va zamonaviy moliyaviy-texnik masalalar yechimlari bilan ulashdilar.

Koʻrgazma doirasida ishtirokchilar biznesning turli sektorlaridagi muvaffafiyatli ishi uchun taqdirlandilar. “Kapitalbank” ATB “Chet el valyutasida depozitlar boʻyicha eng yaxshi bank” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Agar siz ushbu xizmatdan foydalanmayotgan boʻlsangiz, eʼtibor bering, bu – jamgʻarmalaringizni saqlashning zamonaviy va xavfsiz usulidir.

BankExpo kabi tadbirlar mahalliy va xalqaro bozor sharoitida oʻz kompaniyasiga baho berish yuzasidan ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Biz oʻz yutuqlarimizni munosib ravishda namoyish eta oldik va kelgusi rivojlanish uchun koʻp jihatlarni qayd etdik. Albatta, ushbu holat mijozlarimizga xizmat koʻrsatishga ijobiy taʼsir etadi, chunki maqsadlarni birlashtirgan holda biz muvaffaqiyatga erishamiz!
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1418

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech