Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
O'zbekistonda kichik biznes uchun qanday qilib kredit olishi mumkin?
14 Oct 2020

Biznesning asosiy qoidalaridan biri bu to'xtamaslik va olg'a siljishdir. Biroq, buning uchun vaqti-vaqti bilan shaxsiy biznesni yangi sarmoyalar bilan "boqib turish" kerak. Buning uchun har doim ham resurslar yetarli bo'lavermaydi, shuning uchun u yoki bu tarzda, tadbirkor ularni qayerdan olish haqida o'ylaydi. Agar gap kichik bo'lmagan miqdordagi pul haqida ketsa, kamdan-kam hollarda do'stlar va qarindoshlarga ishonish mumkin. Yechimlardan biri bu bank krediti. Kichik biznes uchun bank kreditini qanday va qayerdan, qancha miqdorda va qanday shartlar asosida olish mumkin, shuningdek, nima uchun tadbirkorga rad javobi berilishi mumkin, bular haqida o'z materialimizda so'z boradi.

Yaponiya tizimi bo'yicha kreditlash

Har qanday kredit tashkiloti ham jismoniy, ham yuridik shaxslarni kreditlash masalasiga jiddiy yondashadi, shuning uchun potensial qarz oluvchilarga ma'lum talablar qo'yiladi. "Kapitalbank" ning kichik kreditlash departamenti direktori Alisher Maxamadaliyevning so'zlariga ko'ra, mutaxassislar kredit loyihalarini o'rganadilar va barcha murojaat qiluvchilarning faoliyatini tahlil qiladilar.

“May oyidan boshlab biz J-USBP Yaponiya-O'zbekiston kichik biznesni qo'llab-quvvatlash dasturini ishga tushirish orqali kredit olish tartibini soddalashtirdik. Bu nimani anglatadi? Rasmiy buxgalteriya hujjatlari bizni unchalik qiziqtirmaydi - ko'pincha kichik biznesda ular ishning haqiqiy holatini aks ettirmaydi. Buning o'rniga biz biznesga "jonli" qaraymiz. Xodimlarimiz o'zlari faoliyat olib boriladigan joyga boradilar, buxgalteriya hisobi, daromad va aylanmani emas, balki haqiqiy ish tarzini ko'rib chiqadilar. Natijada biz mijoz haqida aniq ma'lumotga ega bo'lamiz va qaror qabul qilamiz. Qoida tariqasida, tadbirkor bir necha kun ichida kredit oladi », - dedi Alisher Maxamadaliyev.

Qayerda, qachon va qancha?

Barcha banklarning kreditlash shartlari turlicha: har xil foiz stavkalari, hujjatlar to'plami va kredit berish muddatlari. Masalan, "Kapitalbank"dan kredit olish uchun bankka kelib, ariza to'ldirib, pasport, nizom, ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma va ijara shartnomasini taqdim etish kifoya.

Kredit transport vositasi, ko'chmas mulk, zargarlik buyumlari va boshqalar garovga qo'yish evaziga berilishi mumkin. Buning uchun ham minimal hujjatlar to'plami kerak bo'ladi, ya’ni avtomobilning texnik pasporti yoki ko'chmas mulk kadastri va shunga muvofiq, garovga qo'yilayotgan mulk egasining pasporti.

Bank kreditlarni milliy va xorijiy valyutada beradi. Maksimal summa 1 milliard so'm yoki 100 ming AQSh dollarini tashkil qiladi. Aylanma mablag'larda kreditni to'lash muddati 18 oygacha, asosiy kredit uchun 36 oygacha. So'mli kreditlar bo'yicha foiz stavkalari 20%, valyuta kreditlari bo'yicha 8% ni tashkil etadi. Odatda, biznesga pullar tezkorlik bilan zarur, shuning uchun "Kapitalbank"da kredit berish muddati 3 kundan 5 kungacha.

Kimga rad javobi berilishi mumkin?

May oyidan oktyabr oyiga qadar "Kapitalbank" 658 ta loyiha uchun 173 milliard so'm miqdorida kreditlar ajratdi. Ushbu davrda atigi 5 ta loyihani kreditlash rad etildi, bu hatto 1 foizdan ham kam.

«Biz «yo'q» deb javob bergan loyihalar, bu katta xavfga ega loyihalar edi, bu esa o'z navbatida kreditni qaytarishga ham ta'sir qiladi. Shuningdek, ayrim loyihalar uchun tadbirkorlik faoliyatining belgilangan turlarini amalga oshirish uchun talab qilinadigan ruxsatnomalar (litsenziyalar, sertifikatlar va boshqalar) mavjud emas edi», - deydi departament direktori o'rinbosari Jahongir Umarov.

Ammo, mutaxassislarning fikriga ko'ra, bunday "tasodifiy" loyihalar unchalik ko'p emas. Tadbirkorlar kredit olishga ongli ravishda yondashadilar.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 5592

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech