Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalfint" futbol chellenji
22 Jun 2021
"Kapitalbank" #kapitalfint keng miqyosli futbol chellenji boshlanganligi haqida xabar beradi.

 Qanday qilib chellenj ishtirokchisi bo'lish mumkin

  • To'p bilan ishlash mahoratini namoyish qiluvchi video tayyorlang.  Ijodkorlik, fintlar va erkin uslub eʼtiborga olinadi!
  • Video 1 daqiqadan oshmasligi kerak;
  • Videoni Instagram ijtimoiy tarmog'idagi tasmada va hikoyalarda eʼlon qiling;
  • @kapitalbank.uz ni belgilang;
  • #kapitalfint xeshtegini qo'shing;
  • Ushbu post ostidagi izohlarda uch kishini belgilab, estafetani do'stlaringizga topshiring.
  • Faqat haqiqiy odamlarni belgilash mumkin;
  • Instagram dagi ishtirokchining profili chellenj davomida ochiq bo'lishi kerak.
 Kimlar ishtirok etishi mumkin

 Hamma! Jinsi va yoshidan qat'i nazar.

 G'oliblarni kim aniqlaydi

 Eng yaxshi roliklar "Kapitalbank" xodimlari va rahbariyatidan iborat hakamlar hay'ati tomonidan aniqlanadi.

 G'oliblarni qanday sovg'alar kutmoqda

 Eng yaxshi videolar mualliflariga quyidagi qimmatbaho sovg'alar topshiriladi:
 1-o'rin - televizor
 2-o'rin - planshet
 3-o'rin - telefon
 4-o'rin - aqlli soat
 5-o'rin - simsiz quloqchinlar
 6-10 o'rinlar - sport do'koniga 1 000 000 so'mlik sertifikatlar.

 * Eng yaxshi 10 talikka kirmagan munosib roliklar "Kapitalbank" tomonidan maxsus rag'batlantiruvchi sovrinlar bilan taqdirlanadi.

 Chellenj qancha davom etadi

 Aksiya 2021-yil 22-iyundan 11-iyulgacha davom etadi.

 G'oliblar nomlari, mukofotlarni topshirishning o'tkazilish vaqti va joyi 2021-yil 15-iyulda www.kapitalbank.uz rasmiy sayti va bankning ijtimoiy tarmoqlarida e'lon qilinadi.

 Chellenjda ishtirok etishdan oldin, iltimos, ommaviy oferta bilan tanishib chiqing. Chellenjda qatnashish orqali siz aksiya shartlarini avtomatik ravishda qabul qilasiz.

CHELLENJ ommaviy ofertasi
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1231

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech