O‘zbekistondagi eng yirik xususiy banklardan biri “Kapitalbank”, Germaniyaning Helaba (Landesbank Hessen-Thuringen) banki bilan 15 million yevrolik savdoni kreditlash bo‘yicha ikki tomonlama kelishuv imzoladi.
Kelishuv bitimi imzolanishi 14-15 yanvar kunlari Vena shahrida boʻlib oʻtayotgan Euromoney 2025 xalqaro iqtisodiy forumi doirasida boʻlib oʻtdi. Bu strategik sheriklik eksport-import operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan. Kelishuv ikki davlatda xalqaro savdo loyihalarini amalga oshirish va biznesni rivojlantirish uchun kredit resurslarini taqdim etishni nazarda tutadi.
— Bitimning imzolangani xalqaro moliya institutlarining bankimizga bo‘lgan ishonchi yuksak ekanligidan dalolat beradi, — deydi “Kapitalbank” Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov. — Ishonchimiz komilki, “Helaba” banki bilan hamkorligimiz mijozlarimizning tashqi iqtisodiy faoliyati uchun yangi marralarni ochib beradi va xalqaro savdoni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi.
Helaba bilan tuzilgan shartnoma Kapitalbankning jahon moliya bozoridagi barqaror mavqeini aks ettiradi. Banklar o‘rtasidagi sheriklikni mustahkamlash xalqaro hamkorlik doirasida savdo aloqalarini kengaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
"Helaba" haqida
Landesbank Hessen-Thuringen GZ (Helaba)— nemis universal banki boʻlib, Hessen, Turingiya, Shimoliy Reyn-Vestfaliya va Brandenburg Federal Yerlarida mintaqaviy ixtisoslashgan bo'lib, jamoatchilik huquqi qonunchiligi asosida tashkil etilgan. 2023-yil 31-dekabr holatiga ko‘ra, "Helaba"ning jami konsolidatsiyalashgan aktivlari 202,1 milliard yevroni tashkil etdi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
273