Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" tadbirkorlarga inqirozni yengishda yordam bermoqda
18 Jun 2020

"Kapitalbank" tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash yo'lini tanladi - kichik, o'rta va yirik biznes uchun yangi tariflar liniyasi ishlab chiqildi. Endi tadbirkorlarga arzonlashtirilgan narxlar va maxsus imtiyozli shartlarda xizmat ko'rsatish mumkin.

“Yil boshida hech kim dunyo iqtisodiy inqirozga yuz tutishini kutmagan edi. Biz ham bundan mustasno emasmiz. Hozirda barcha korxonalar zarar ko'rmoqda va afsuski, ularning ba'zilari inqirozdan so’ng qayta oyoqqa tura olmaydi. Axir xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining harakatlantiruvchi kuchidir. Bizning vazifamiz, imkon qadar, inqiroz oqibatlarini yumshatish va tadbirkorlarga qo’ldan kelgancha tez va yo’qotishlarsiz oyoqqa turishlariga yordam berish. “Kapitalbank” ham pandemiyaning og’ir oqbatlaridan aziyat chekayotgan bo’lsa ham, biz tariflarni ishlab chiqishda narxlarni minimal darajagacha tushirishga harakat qildik. Endilikda yangi tariflar uchun abonent to'lovi avvalgidan ancha past. Masalan, "Onlayn 24/7" tarifi uchun to'lov debet aylanmalari uchun alohida to'lovlarsiz oyiga bor yo'g'i 100 000 so'mni tashkil etadi, " deydi Korporativ biznes departamenti direktori Ozod Karimov.

Onlayn 24/7 tarifi har qanday miqyosdagi - kichikdan tortib to katta biznesgacha xizmat ko'rsatishga mo'ljallangan. Tarifning asosiy afzalligi shundaki, tadbirkor banklararo to'lovlarni bir zumda va istalgan vaqtda amalga oshirishi mumkin.

Kichik biznes uchun maxsus "Chakana savdo" tarifi ishlab chiqilgan. Oziq-ovqat va kiyim-kechak do'konlari, go'zallik salonlari, avtomobil yuvish shoxobchalari, umuman, chakana savdo yoki maishiy xizmat ko'rsatish bilan shug’ullanadigan har qanday korxona o'z biznesini tarifga ulashi mumkin. Tarif Onlayn 24/7 dagi kabi bir xil funktsiyalarni o'z ichiga oladi va bunga qo'shimcha ravishda joylarda terminallar va onlayn kassa apparatlari ulanadi. Oziq-ovqat do'konlarida QR-onlayn xizmati ham faollashtiriladi, bu xariorlarga kassaga murojaat qilmasdan turib smartfon yordamida QR- kodini ishlatib mahsulot uchun haq to'lash imkonini beradi.

Yirik korxonalar ham og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda. Yirik biznesning zarari milliardlab so'mlarda baholanmoqda, pandemiya davrida esa import 2018 yil ko’rsatkichlariga qaytib, 11 foizga kamaydi. Importchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida "Kapitalbank" “Xalqaro” tarifini ishlab chiqdi, uning doirasida valyuta konvertatsiyasi uchun foiz miqdori kamaytirildi.

Inqirozdan talofatlarsiz chiqib olish birinchi raqamli vazifamiz. "Kapitalbank" ATB jamoasi tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga va mustahkamlashga qaratilgan mahsulotlarni bundan keyin ham rivojlantirish niyatida.

Biznes uchun tariflar
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1406
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech