Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" moliyaviy savodxonlik bo'yicha eng faol bankka aylandi
28 Jul 2021
"Butunjahon pul haftaligi 2021"(Global Money Week) natijalari doirasida Markaziy bank bolalar va yoshlar uchun ta'lim faoliyati va moliyaviy savodxonlik loyihalarini amalga oshirgan eng faol tijorat banklarini aniqladi.

Markaziy bank banklarning bir nechta mezonlarda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish hissasini baholadi:

  • maktab o'quvchilari, o'qituvchilar va Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun umumta'lim muassasalari va bolalar uylarida o'tkaziladigan ta'lim tadbirlari soni va sifati;
  • OAV da tadbirlarni yoritish bo'yicha axborot kampaniyasini o'tkazish;
  • ijtimoiy tarmoqlarda aholi uchun moliyaviy savodxonlik bo'yicha o'quv-onlayn tadbirlar o'tkazish;
  • Bolalar va yoshlarni jalb qilish bilan yangi moliyaviy savodxonlik loyihalarini yaratish;
  • Tarqatma materiallarning, shuningdek musobaqalar g'oliblariga sovg'alarning miqdori va sifati.
"Kapitalbank" ATB moliyaviy savodxonlik sohasida amalga oshirilgan chora-tadbirlarni tahlil qilish yakunlari bo'yicha "moliyaviy savodxonlik bo'yicha eng faol bank"deb e'tirof etildi.

Eslatib o'tamiz, "Kapitalbank" Global Money Week homiyligida joriy yilda bolalar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish bo'yicha qator tadbirlar o'tkazdi. Ular orasidan 7 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun "Mening ishim" tanlovi va Nukus shahridagi maktablar o'rtasida ta'lim tadbirlari va tanlov o'rin olgan. Tanlov g'oliblari "Kapitalbank"dan qimmatli sovrinlar bilan taqdirlandi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 916

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech