Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" dan aksiya: so'mli omonat ochishda - sovg'a sifatida karta taqdim etiladi
2 Aug 2021

Omonatchilar tanlov asosida Visa, Mastercard, Uzcard yoki Humo kabi bir nechta valyuta va so'mli bank kartalaridan birini olishlari mumkin.

"Kapitalbank" ATB milliy valyutadagi yuqori foiz stavkalari va shu bilan birga foizlarni yo'qotmasdan omonatni qaytarib olish, to'ldirish va yopish imkoniyatini beradigan moslashuvchan shartlarga ega foydali omonatlar liniyasini taklif etadi.

"Baraka" omonati - 25 oy muddatga yillik 22% bilan.

"Jamg'arma" omonati - 25 oy muddatga yillik 21% bilan.

"Yig'im" omonati - 25 oy muddatga yillik 20% bilan.

"Oltin Kuz" omonati 24 oy muddatga yillik 17% bilan.

"Kapitalbank" da soʻmli depozit ochishda endi har bir omonatchi bank kartasini sovg'a sifatida oladi:

  • 1 million so'mgacha - tanlov asosida Uzcard yoki Humo kartalari,
  • 1 million so'mdan ortiq - tanlov asosida Visa Classic yoki Mastercard Standard kartalari,
  • 5 million so'mdan ortiq - tanlov asosida Visa Gold yoki Mastercard Gold kartalari.

Barcha omonatlarni bankda ham, bir necha daqiqa ichida Apelsin mobil ilovasi orqali onlayn shaklda ham ochish mumkin. Foizlar har oy mijoz uchun qulay bo'lgan shaklda omonat valyutasida to'lanadi yoki mobil ilovadagi hamyon hisob raqamiga tushiriladi. Pasportingiz bo'lgan taqdirda, 16 yoshdan boshlab "Kapitalbank" omonatchisiga aylanish mumkin.

Kartani olish uchun onlayn omonatni ochishda "Kapitalbank" ning istalgan filialiga murojaat qilish kerak.

Depozitni ochish shartlari haqida +99871 200 15 15 raqamiga qo'ng'iroq qilib

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6728

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech