Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB Uzum ekotizimining bir qismi bo‘ladi
7 Jan 2023
28-dekabr 2022-yili “Finance TCI” MChJ birja savdolarida “Kapitalbank” ATB aksiyalarining 50 % sotib oldi. Bitim qiymati 786,89 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Shunday qilib, Rossiyaning “Telekominvest” MChJ kompaniyasi bank aktsiyadorlari tarkibidan chiqib ketdi va 61,54 % ulushi bilan O‘zbekistonning “Finance TCI” MChJ majoritar aksiyadori bo‘ldi.

“Finance TCI” MChJ “Djuzum SPV” kompaniyasining sho‘ba korxonasi bo‘lib, respublika uchun noyob “Uzum” raqamli xizmatlarining ekotizimini rivojlantiryapti. “Uzum” kompaniyalar guruhi O‘zbekistondagi 10 dan ortiq tadbirkor va investorlarning tajribasi va aktivlarini birlashtirgan qo‘shma loyihadir. 2022-yil noyabr oyida “Kapitalbank” ATB sho‘ba korxonasi “Apelsin” raqamli banki Uzum ekotizimiga qo‘shildi va o‘z nomini Uzum Bank deb o‘zgartirdi. Davlatimizda har oyda 1,5 million kishi ushbu xizmatdan foydalanadi. Uzum banki p2p- o'tkazmalari soni bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi. Ekotizimning boshqa xizmatlari bilan integratsiyalashuv bankka yangilangan keshbeck dasturini ishga tushirish imkonini berdi, shu jumladan, Uzum Marketdan Uzum Pay xizmati orqali buyurtmalarni to‘lashda qo‘shimcha bonuslarni ham.

2022-yil oktabr oyida tez yetkazib berish bilan “Uzum Market” marketpleysi ishga tushirildi. Hozirda saytdagi assortiment 200 mingdan ortiq noyob mahsulotlarni tashkil etadi va yetkazib berish geografiyasi 17 ta aholi punkti va mamlakatning aksariyat qismini qamrab oladi va faol ravishda kengayib bormoqda. Paymart halol muddatli toʻlov xizmati ham ekotizimga qoʻshildi va oʻz nomini Uzum Nasiya nomiga oʻzgartirdi. Xizmatning mamlakat boʻylab 250 mingga yaqin mijozlari va 1500 mingdan ortiq hamkor doʻkonlari mavjud.

Yetakchi moliyaviy va e-commerce xizmatlarining integratsiyasi va o‘z sohalaridagi eng yaxshi mutaxassislar tajribasining birlashtirilganligi Uzumga jismoniy shaxslar va biznesni rivojlantirish uchun noyob xizmatlar ekotizimini yaratish imkonini beradi. Shunday qilib, Uzum Merket kompaniya va xususiy tadbirkorlarga IT-platforma va logistika yechimlaridan foydalangan holda yangi mijozlarni topish va o‘z mahsulotlarini butun mamlakat bo‘ylab sotish imkoniyatini beradi. Yuridik shaxslarga masofaviy xizmat ko‘rsatish va buxgalteriya hisobjtini avtomatlashtirishga yo‘naltirilgan “Uzum” moliyaviy xizmatlarining rivojlanishi tufayli tadbirkorlik faoliyatini yuritish jarayoni yengillashadi, bu esa mamlakatimiz aholisining yanada ko‘proq o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lishini anglatadi.

“Kapitalbank” ATB Uzum ekotizimiga qo‘shilish orqali o‘z foydalanuvchilari hisobiga mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytiradi. Oʻzbekistondagi eng kuchli bank brendlaridan biri va eng yirik xususiy bank boʻlgan “Kapitalbank” ATB oʻz xizmatlarini rivojlantirish bilan birga Uzum brendi bilan kooperatsiyada qoʻshimcha mahsulot qatorini taklif etadi. Masalan, bank mijozlari barcha xizmatlar uchun yagona Uzum ID ga ega bo‘ladi va sodiqlik tizimidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, bank xizmatlari esa Uzum Market foydalanuvchilari uchun mavjud bo‘ladi. Shu bilan birga, “Kapitalbank” ATB o‘z brendini saqlab qoladi, bank hamkorlari va mijozlari uchun shartlar o‘zgarishsiz qoladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 407

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech