Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
"Kapitalbank" ATB'da Yuqori dollar kursi - O'zbekistondagi eng yuqori ko'rsatkichlardan biridir.
4 Feb 2020

Bu AQSh dollarini so'mga yanada daromadliroq kursga almashtirishingiz mumkinligini anglatadi -
naqd pulni naqdsiz pulga almashtirgan holatda.

Masalan, siz katta xaridni rejalashtiryapsiz va kerakli miqdorni to'pladingiz. Sizning qo'lingizda 10,000 $ bor va to'lov milliy valyutada qabul qilinadi.

Naqd pul almashuvini tanlab, "Kapitalbank" ATB'ning ayirboshlash shaxobchasida 10000 dollarga 95,450,000 so'm olasiz.
Hisobchi bor pulni hisoblab chiqishini va noqulay qopga solishini kutasiz.
Shundan so'ng, bor pulni avtosalonga olib borasiz (xavfsiz emas) yoki uni kassaga topshirasiz.
U yerda esa siz hisobchi pulni sanab, kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishini kutasiz.

Naqdsiz ayirboshlashni tanlab, "Kapitalbank" ATB'da 10 000 AQSh dollariga 95,550,000 so'm olasiz - qo'shimcha daromad 100 000 so'm.
Pul plastik kartangizga o'tkaziladi yoki shartnomada ko'rsatilgan bank hisob raqamiga yuboriladi.
Sizning pulingiz xavfsizlikda bo'ladi, zero, uni olib yurish kerak bo‘lmaydi. Siz ortiqcha hisob-kitoblardan vaqtingizni tejaysiz va kurslardagi farqda yutasiz.

Ikkinchi variant qanchalik foydali ekanligini qarang!

Bundan tashqari, Yuqori kurs xizmati bilan siz HUMO yoki UzCard plastik kartalaringizni to'ldirishingiz mumkin.

Kutganingizdan ham ko'prog'ini oling - "Kapitalbank" ATBning istalgan filialiga keling va operatordan valyutani yuqori kurs bilan almashtirishni so'rang.

Vaqtingiz va pulingizni tejang.

* Valyuta kursini hisoblash misoli 08.01.2020 yildagi ma'lumotlarga muvofiq amalga oshirildi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1410

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech