Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
“Kapitalbank” ATB Boshqaruvi tarkibidagi o‘zgarishlar
5 Jan 2023

“Kapitalbank” ATB uchun muvaffaqiyatli bo’lgan yana bir yil yakunlandi. Shubhasiz, 2022-yil bizning bankimiz tarixida yuqori yutuqlar va yuksak moliyaviy ko’rsatkichlar yili sifatida tan olinishi muqarrardir.

“Kapitalbank” ATB shuni ma’lum qiladiki, Alisher Anvarovich Mirzaev bankimiz Boshqaruvi raisi lavozimini tark etishga qaror qildi. Endi u o‘z faoliyatini “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi tarkibida davom ettiradi.

Shu munosabat bilan jamoa oldida so‘zga chiqqan “Kapitalbank” ATB Kuzatuv kengashi raisi Maqsud Abdusamadov so’nggi 3 yil davomida Bankning erishilgan yutuqlarda Alisher Anvarovichning qo’shgan shaxsiy hissasi muhim rol o’ynaganligini ta’kidlab o’tdi.

Ushbu davrda bank aktivlari 5,3 barobarga (reytingda +5-o‘rin), sof foyda esa 9,5 barobarga (reytingda +10-o‘rin) oshdi va 1 trillion so‘mdan oshib ketdi. Bugungi kunda “Kapitalbank” ATB eng yirik xususiy bank, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan tuzilgan faollik indeksi bo‘yicha barcha banklar orasida doimiy yetakchi hisoblanadi.

“Kapitalbank” ATBning butun jamoasi Alisher Anvarovichga bizning bankimiz rivojiga qo‘shgan bebaho hissasi va uning rahbarligi ostida erishilgan misli ko’rilmagan natijalar uchun minnatdorchilik bildiradi.


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 402

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech