Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Filiallarning ish vaqti haqida
5 Jun 2025
Hurmatli mijozlar!

Qurbon Hayit bayrami munosabati bilan 6-iyun kuni Kapitalbankning barcha filial va bo‘limlarida rasmiy dam olish kuni deb e’lon qilingan.

9-iyundan boshlab bank odatdagidek ishlashni davom ettiradi.

Shu bilan birga, ko‘plab xizmatlardan KAPITALBANK.Online mobil ilovasi orqali foydalanish mumkin:
  • Kredit to‘lovlari
  • Xizmatlar uchun to‘lovlar
  • Pul o‘tkazmalari, jumladan Visa Direct va Moneysend orqali
  • Hisobvaraqlarga ko‘ra to‘lovlar, hisoblararo pul o‘tkazmalari
  • Omonatlar va hisob raqamlarini ochish, qisman to‘ldirish yoki yechib olish
  • Valyuta ayirboshlash
Kapitalbank bankomatlari 24/7 ishlaydi. Ular orqali quyidagi xizmatlar mavjud:
  • Humo, Uzcard, Visa, Mastercard va UnionPay kartalari bilan ishlash
  • Milliy valyutada naqd pul yechish
  • Kartalarni so‘m va AQSH dollarida to‘ldirish
  • Valyuta ayirboshlash
  • Yuridik shaxs hisobini so‘mda to‘ldirish (inkassatsiya)
  • Kreditlarni naqd pul bilan to‘lash
Shuningdek, bank saytida ro‘yxatdan o‘tmasdan istalgan bank kartasi orqali kredit to‘lovi amalga oshirilishi mumkin.

Kapitalbankning 1340 qisqa raqami orqali aloqa markazi kecha-kunduz ishlaydi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 395
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech