Visa Kapitalbank 8 dona Samsung QLED televizorlarini o’yinga qo’yadi. Yutuqli o’yinda telefon raqami orqali o’tkazilgan 100 000 so‘m yoki Kapitalbank Visa kartasidan boshqa Visa kartaga o’tkazilgan 10 AQSh dollari miqdoridagi har bir Visa Direct o‘tkazmasi o‘yinda ishtirok etadi.
Sovrinli oʻyinda Visa Kapitalbank kartalari egalari, 18 yoshdan oshgan Oʻzbekiston fuqarolari ishtirok etadilar. Oʻzbekiston bo’ylab yoki dunyoning istalgan nuqtasida qabul qilib oluvchining kartasiga bogʻlangan telefon raqamidan foydalanib, Visa kartalari oʻrtasida pul oʻtkazishingiz mumkin.
Alias tizimida telefon raqamini faollashtirish uchun Kapitalbank ilovasida roʻyxatdan oʻtish kerak bo’ladi. Buning uchun “xalqaro o’tkazmalar”ga kiring, “Visa direct”ni tanlang, “telefon raqami bo’yicha” ilovasiga o’ting va yuqori o’ng burchakdagi “Visa Aliasda ro’yxatdan o’tish” opsiyasini tanlang. Keyin Visa valyuta kartasini tanlang va telefon raqamingizga kelgan ilovada ro’yxatdan o’tgan SMS-xabarnoma orqali yuborilgan tasdiqlash kodini kiriting.
Pul o'tkazmasini yuborish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:
- Kapitalbank ilovasini ochish
- «Telefon raqami orqali o’tkazmalar» bo’limiga o’tish
- Kerakli kontaktni tanlash
- Summani kiritish
- O’tkazmani tasdiqlash
Ko'plab pul o’tkazmalari - g'alabaga bo’lgan ko'plab imkoniyatlar!
Aksiya ofertasi