Kapitalbank o‘zining 25 yilligini nishonlash doirasida kichik biznes bo’g’inidagi korporativ mijozlar uchun yangi aksiyani tayyorladi. BS/2 Tashkent Xalqaro texnologik hamkor bilan birgalikda biz “Mustaqil inkassatsiya qilish” xizmatidan foydalanuvchilar orasida 10 ta professional banknotani hisoblash qurilmasini o‘ynaymiz.
Ushbu tashabbusning maqsadi — O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesning raqamli transformatsiyasini qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Inkassatsiyani Kapitalbankning yangi yuqori texnologiyali bankomatlari orqali yanada qulay masofaviy formatga o‘tkazish tadbirkorlarga tushumlarini 24/7 rejimida bank kassalari va navbatlarni chetlab o‘tgan holda o‘z hisob raqamlariga o’tkazish imkonini beradi.
Kichik tadbirkorlik sohasidagi korporativ mijozlar 2026-yil 15-apreldan 15-iyungacha bo‘lgan davrda mustaqil inkassatsiya qilish xizmatidan foydalangan holda aksiyada ishtirok etishlari mumkin. Buning uchun ular Kapitalbank bankomatlari orqali har bir operatsiya uchun 5 mln so‘mdan boshlangan inkassatsiya summasi amalga oshirilishi shart.
Aksiyaning sovrin jamg‘armasi — Bankosa BK35 rusumidagi 10 ta professional banknota hisoblagichlari. Ularning egalari to’g’ridan-to’g’ri efirda o‘tkaziladigan qur’a tashlash orqali aniqlanadi. O’yin natijalari iyun oyining oxirida ma’lum bo‘ladi.
Aksiya hamkori BS/2 Tashkent kompaniyasi bank xizmatlarini texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan Penki Kontinentai guruhi tarkibiga kiradi. Bankosa BK35 hisoblagichlari – bu yuqori samarali qurilmalar bo‘lib, bir daqiqada 1500 tagacha banknotani sanash imkoniyatiga ega. Bu esa savdo shahobchalarida naqd pul bilan ishlash jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.
— Kapitalbank 25 yildan beri Oʻzbekistonda kichik va oʻrta tadbirkorlikni rivojlantirishga yordam berib kelmoqda. Bizning yubileyimiz – bu korporativ mijozlarimizga nafaqat texnologik jihatdan ilgʻor bank xizmatlarini taqdim etish, balki kundalik hayotda samaraliroq ishlashga yordam beradigan vositalarni ham taklif qilib, ularga minnatdorchilik bildirish uchun ajoyib imkoniyatdir,- deb taʼkidlaydi “Kapitalbank” ATB kichik biznes departamenti direktori Akmal Fayziev.
Aksiya ofertasi — havola orqali mavjud, muhim tafsilotlarni, shuningdek, Kapitalbank filiallarida va 1278 raqami orqali ham bilib olish mumkin.
