Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Savdo-xizmat korxonalariga (SXK)

Bank plastik kartochkalari orqali to’lovni amalga oshirish tizimini rivojlantirish borasidagi hukumat qarorlariga binoan, chakana savdo qiluvchi, xizmat ko’rsatuvchi barcha ob’ektlar, hamda umumiy ovqatlanish punktlari bank plastik kartochkalari orqali to’lovlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan to’lov terminallari bilan jihozlangan bo’lishi lozim

Agar siz yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi xususiy tadbirkor bo’lsangiz va tovarlar, xizmatlar yoki ishlarning savdosini amalga oshirsangiz, unda ATB “Kapitalbank” sizga to’lov terminalini vaqtinchalik foydalanishga berish xizmatini taqdim etadi. Ushbu terminallar sizga UZCARD banklararo to’lov tizimi ishtirokchilari bo’lgan barcha banklar tomonidan emissiya qilingan plastik kartochkalari orqali, sotilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lov qabul qilish imkonini yaratadi

Savdo-xizmat korxonasi tomonidan to’lov terminalidan foydalanishning afzallik tomonlari:

  • Plastik kartochka egalari naqd pul miqdori bilan chegaralanmaganligi sababli rejalashtirilmagan xaridlarni amalga oshirishga moyilroq bo’ladi. Shu tufayli savdo aylanmasi oshadi;
  • Plastik kartochka egalarini jalb qilish orqali mijozlar bazasini kengaytirish;
  • To’lovlarning yanada havfsiz bo’lishini ta’minlash;
  • Naqd pul mablag’larining inkassatsiyasi bilan bog’liq harajatlarni kamaytirish.

Maslahat uchun so'rov qoldiring

So’rov

"Kapitalbank" ATB da xizmat ko'rsatish sifati sizni qoniqtiradimi?
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech