“Kapitalbank” ATB milliy va chet el valyutasida hisob-kitob kassa xizmatlari bo‘yicha barcha zarur xizmatlarni taqdim etadi. Hisob-kitob kassa xizmatlari ko‘rsatish - bu biznes-jarayonlar ishlashining mustahkam asosi. Hisob-kitoblar mijozlarning manfaati yo‘lida va ularning xohishlariga ko‘ra tez va sifatli amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan yuqori texnologiyalar va xodimlarning yuqori kasb mahorati bank ishini yuritish bo‘yicha xalqaro standartlar talablariga javob beradi va yuqori darajada hisob-kitob kassa xizmati ko‘rsatilishini ta'minlaydi. “Kapitalbank” OATB doimo mijoz manfaatlari yo‘lida ish yuritadi va turli biznes sohalarining o‘ziga xos tomonlarini inobatga olgan holda har bir mijozga o‘zgacha yondashadi hamda yuqori darajada xizmat ko‘rsatilishini, to‘lovlarni amalga oshirish uchun amaliyot zalida uzoq kutib qolinmasligini kafolatlaydi. Amaliyot zali xodimlari barcha zarur xizmatlarni ko‘rsatadilar, shu jumladan mijozlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob beradilar, ulardan o‘z maslahatlarini ayamaydilar.
Hisob-kitob operatsiyalari
“Kapitalbank” ATB yuridik mijozlar va xususiy tadbirkorlarga milliy va chet el valyutasida hisob-kitob operatsiyalarini amalga oshirish, shuningdek barcha turdagi hisob-kitob kassa operatsiyalarini bajarish imkonini beradi:
- yuridik shaxslar – O‘zbekiston Respublikasi rezidentlariga milliy va chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;
- o‘zbek so‘mi va chet el valyutasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish;
- “Internet Bank” va "Mobile24" masofadan bank xizmati ko‘rsatish tizimidan foydalangan holda hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish;
- kassa xizmati;
- naqd pul mablag‘larini inkassa qilish;
- naqd pulsiz chet el valyutani konvertatsiya qilish (sotib olish/sotish);
- individual xizmat ko‘rsatish va maslahat berish.
Hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish
“Kapitalbank” ATB hisobvaraq ochish jarayoni Sizga noqulaylik tug‘dirmasligi uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘ygan. Kompaniyangiz hisobvarag‘ini o‘zbek so‘mida ham, chet el valyutasida ham ochishingiz, hisobni qog‘ozli texnologiya bo‘yicha ham, “Bank-mijoz” tizimi yordamida ham yuritishingiz mumkin.
Mijozlarga qulaylik yaratish uchun Bank mutaxassislari barcha zarur hujjatlarni o‘zlari to‘ldiradilar, shuningdek hujjatlardan nusxa oladilar. Ba'zi asosiy hujjatlarni quyidagi havolalar bo‘yicha yuklab olishingiz mumkin.