Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Valyuta: O'zbekiston so‘m
Karta turi: Debet kartasi
Tovarlar va xizmatlar to'lovi: Bepul
Oxirgi tahrirlangan sana: 09.02.2024

Yuridik shaxslar/yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun milliy valyutadagi Visa Business korporativ kartasi

ATB “Kapitalbank” ning VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari—zamonaviy, ishonchli va qulay!

VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari egalari xalqaro toʻlov tizimi tomonidan taqdim etiladigan yuqori darajadagi xizmat va qulayliklardan foydalanish imkoniyatiga ega.

ATB “Kapitalbank” ning VISA Business xalqaro korporativ plastik kartasi — bu:

  • hisob-kitoblarning aniqligi, xavfsizligi va qulayligi, pul mablag'larining but saqlanishi
  • vaqtni tejash: naqd pul orqali to'lovlar yo'qligi — banknotlarni qayta sanashning keragi yo'q
  • katta hajmdagi naqd pullarni olib yurishning hojati yo'q.

Visa Business korporativ kartasiga savdo nuqtalarida, xizmat ko'rsatish muassasalarida va onlayn xaridlarda to'lovlarni amalga oshirishda hech qanday cheklovlar o'rnatilmagan.

ATB “Kapitalbank” ning VISA Business xalqaro korporativ plastik kartalari yordamida quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

  • savdo terminallari o'rnatilgan savdo va xizmat ko'rsatish korxonalarida tovar va xizmatlar uchun haq to'lash;
  • naqd pulni bank kassalarida va bankomatlar orqali yechib olish (shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida);
  • bank kassalari va bankomatlar orqali naqd pul mablagʻlarini olishingiz (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida);
  • tashkilotning hisobraqamidan karta hisobini to‘ldirish;
  • Xizmat safari xarajatlarini to'lash

 

Bank xizmati / xizmat koʻrsatish shartlari

Bank bilan operatsiyalar amalga oshirilganligi uchun mijozdan olinadigan Banknig vositachilik haqi stavkasi

Izoh

a)

Asosiy karta yoki qo'shimcha kartani chiqarish/qayta chiqarish

Bepul

 

b)

Kartaning amal qilish muddati tugashi sababli kartani qayta chiqarish

Bepul

 

c)

Kartaning yo'qolishi/zarar yetishi tufayli kartani qayta chiqarish

30 000 so'm

 

d)

Karta egasi nomini o'zgartirish - almashtirish

Bepul


e)

Kartaning amal qilish muddati

5 yil


f)

Xizmat ko'rsatish shartnomasi imzolangan kundan boshlab kartani chiqarish muddati

1 ish kunidan oshmasligi kerak


g)

Kamaytirilmaydigan balans

Mavjud emas


h)

Karta hisobini yuritish

Komissiya to'lovi olinmaydi


i)

Visa kartalari bo'yicha naqd pul mablag'larini olish uchun tranzaktsiyalarni qayta ishlash “Kapitalbank” ATB “Kapitalbank” ATB xizmat ko‘rsatish tarmog‘ida

Xizmat taqdim etilmaydi


j)

O‘zRdan tashqarida naqd pul yechib olish

Summaning 2%, kamida 1 AQSh dollari


k)

Tovarlar va xizmatlar uchun to'lovlar bo'yicha tranzaksiyalarni koʻrib chiqish

Bepul


l)

Korporativ kartani mijoz-bank orqali to'ldirish

Komissiya undirilmaydi


m)

Hisob raqami va operatsiyalar bo’yicha tekshirish o’tkazish

Komissiya undirilmaydi



Quyidagi operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berilmaydi:

  • O'zR hududida naqd pul berish bo'yicha tranzaksiyalarni koʻrib chiqish
  • Karta egasi soʻroviga koʻra karta hisobvarag'idan pul mablag'larini naqd pulsiz o'tkazish
  • Karta hisobini naqd pul mablagʻlari bilan to'ldirish
  • Korxonalar bilan ish haqi loyihalarini amalga oshirish bo'yicha shartnomalar doirasida ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlarni oʻtkazish
  • Karta hisobvarag‘iga pul mablag‘larini boshqa shaklda oʻtkazish, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalaridan pul mablag‘larini qaytarish va mablag‘larni noto‘g‘ri hisobdan chiqarish bundan mustasno.
Karta yo'qolgan yoki shikastlangan taqdirda, uni komissiya toʻlovisiz bloklash va pin-kodini o'zgartirish.
3D Secure xizmatiga ulash va unga xizmat ko'rsatish avtomatik ravishda komissiya toʻlovisiz amalga oshiriladi.



Visa kartasi Sizning pullaringiz turadigan hisob kartangizdan foydalanish uchun kalit hisoblanadi. Quyidagi asosiy ehtiyotkorlik choralariga amal qilsangiz, o‘z hisobingizdagi mablag‘larni ruxsatsiz echib olinish xatarini pasaytirishingiz mumkin.

  • Sizning kartochkangizdan boshqa shaxs foydalana olmasligi uchun, PIN-kod va kartani alohida-alohida saqlang, Pin-kodni kartochkaga yozib qo‘ymang, Pin-kodni boshqa shaxslarga aytmang. Pin-kodni elektron terminal yoki bankomatda terganingizda, kiritilayotgan raqamlar atrofdagilarga ko‘rinmaydigan qilib bajaring.

  • Karta hisobi bo‘yicha operatsiyalarni vaqti-vaqti bilan tekshirib turing – buni bankdan olingan ko‘chirmalar bo‘yicha, yoki bepul SMS xabar xizmatidan foydalangan holda 2212 raqamiga tegishli SMS xabar yuborgan holda bajarish mumkin. Shubhali yoki noma’lum tranzaksiyalar aniqlangan hollarda, bu haqida zudlik bilan bankni xabardor qilib qo‘ying. SMS xabar berish buyruqlari bilan shu erda tanishishingiz mumkin -> YO‘RIQNOMA

  • Kartochkani yo‘qotib (o‘g‘irlatib, oldirib) qo‘ygan bo‘lsangiz, yoki PIN/kod yoki kartochka rekvizit ma’lumotlari uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lib qolgan taqdirda, SMS xabar xizmatidan foydalangan holda, 2212 raqamiga SMS xabari yuborib, kartani STOP listga qo‘yib qo‘ying, shuningdek zudlik bilan «Kapitalbank» AKB bilan bog‘lanib, og‘zaki yoki yozma shaklda kartangiz yo‘qolganligi haqida xabar bering.

  • Kartochkangiz bilan tovlamachilik hodisalari sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, uni o‘z diqqat markazingizdan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymasdan, operatsiyalarni faqat o‘zingizning ishtirokingizda o‘tkazilishini talab qiling.

  • Bankomatda naqd pul mablag‘lari olganingizda, bankomat yaxshi yoritiladigan joyga yoki bankning maxsus xonasiga o‘rnatilganligiga ishonch hosil qiling, operatsiyalarni odamlar bo‘lmagan joylarga o‘rnatilgan bankomatalarda bajarmang. Karta ma’lumotlarini hisoblash moslamalarini o‘rnatish uchun namunalar.

  • Tashkilotning ishonchnomasining asl nusxasi
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asl nusxasi
  • Bank va yuridik shaxs oʻrtasidagi shartnoma
Plastik karta boʻlimlarida operatsion kunlar:
  • VISA kartalarini ochish - 16:00 gacha;
  • Boshqa operatsiyalar - 17:00 gacha.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech