Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

"Kapitalbank" ning korporativ mijozlari endi Xitoy, Yaponiya, Turkiya Janubiy Koreya va Qozog'istonlik hamkorlari bilan o'zaro hisob-kitoblarni ushbu mamlakatlarning milliy valyutasida amalga oshirishlari mumkin.

Avval "Kapitalbank" ATB AQSh dollari, Yevro, Rossiya rubli, Britaniya funtida va Shveysariya frankida konvertatsiya va to'lovlarni amalga oshirayotgan edi. Endilikda bank tashqi savdo shartnomalari uchun Xitoy yuani, yapon yenasi, Turkiya lirasi, Janubiy Koreya voni va qozoq tengesida bevosita konvertatsiya qilish va to'lovlarni amalga oshirishni boshladi. Ushbu mamlakatlardagi hamkorlari bilan ishlaydigan ko'plab mahalliy tadbirkorlar konvertatsiya uchun ortiqcha to'lovlarni amalga oshirishga, yoki, xorijiy kompaniyalar xalqaro valyutada to'lovni qabul qilishdan bosh tortganda, vositachilar topishga majbur bo'lar edilar. Valyuta turlarining qatorini kengaytirish mahalliy tadbirkorlarga to'g'ridan-to'g'ri shartnomalar tuzish, vositachilar xizmatlaridan voz kechish va konvertatsiya qilish uchun ortiqcha to'lovlar qilmaslik imkonini beradi, natijada import mahsulotlari tannarxining sezilarli darajada pasayishiga va tadbirkorga biznes geografiyasini kengaytirishga yordam beradi.

Bugungi kunda "Kapitalbank" ATB tashqi savdo shartnomalari bo'yicha bevosita konvertatsiya va to'lovlarni quyidagi o’nta valyutada amalga oshirmoqda:

  • AQSh dollari
  • Yevro,
  • Rossiya rubli
  • Britaniya funti
  • Shveysariya franki
  • Xitoy yuani
  • Yapon yenasi
  • Qozoq tengesi
  • Janubiy Koreya voni
  • Turk lirasi

Avval xabar qilinganidek, "Kapitalbank" ATB da xorij valyutasini konvertatsiya qilish bo'yicha barcha operatsiyalar rekord darajasidagi qisqa vaqt ichida amalga oshiriladi. Arizani topshirishdan xorijga to'lov qilishgacha bo'lgan butun jarayon masofadan turib bank xizmatlarini ko’rsatish tizimidan foydalanib, bankda shaxsan ishtirok etmasdan amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech