Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

KORRUPSIYA HOLATLARI HAQIDA XABAR BERISH UCHUN QAYTA ALOQA

O'zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida" gi qonunining 3-moddasiga muvofiq:

korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish;

korrupsiyaga oid huquqbuzarlik - korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonunchilikda javobgarlik nazarda tutilgan qilmish;;

manfaatlar to'qnashuvi - shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat..

Murojaat yo`llashdan oldin, MUHIM MA`LUMOTni o'qing!
"Aksilkorrupsiya" “Tezkor” tarmog`i elektron pochta qutisi va ishonch telefonidan iborat.

Bu tarmoq fuqarolarga korrupsiyaning aniq holatlari to'g'risida elektron pochta yoki telefon orqali ma'lumot yuborish uchun mo'ljallangan. "Tezkor" tarmoqqa, shuningdek, bank xodimlari tomonidan xizmat vazifalarini bajarmaslik (vijdonan bajarmaslik), mansab vakolatlarining suiste'mol qilinishi, fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining buzilishi, mansabdor shaxslar tomonidan tovlamachilik qilish holatlari, asossiz taqiq va cheklovlar haqida ham xabar berilishi mumkin.

"Tezkor tarmoqqa" tushgan ma'lumotlar sir saqlanadi. Murojaatda ko'tarilgan muammolarni hal qilish vakolatiga ega bo’lgan davlat organiga yoki mansabdor shaxsga murojaatning yo'naltirilishi murojaatda ko'rsatilgan ma'lumotlarning oshkor etilishi sanalmaydi.

Kelib tushgan xabarlar O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlari haqidagi amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko'rib chiqiladi.

KORRUPSIYAGA QARSHI MASALALAR BO’YICHA ELEKTRON POCHTA QUTISI:
[email protected]

Elektron pochta qutisiga kelgan barcha xabarlar O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi 445-sonli "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi qonunida belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.

KORRUPSIYAGA QARSHI MASALALAR BO’YICHA ISHONCH TELEFONI:
Tel .: (78) 148-40-16
Dushanba – Juma
09-00 dan 18-00 gacha
(tushlik 13-00 dan 14-00 gacha).

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech