Hurmatli nomzod!
Sizning saytimizdagi "Karyera" bo'limiga tashrifingizdan mamnunmiz!
Bank sohasida ishlash nafaqat martaba o’sishining keng imkoniyatlari, balki o'z qobiliyat doirasini kengaytirishga intilayotgan odamlar insonilar uchun chorlov hamdir.
O'zbekistonda bank sohasi jadal rivojlanib bormoqda va Bank xodimlariga qo’yiladigan talablar ham juda yuqori.
Zamonaviy bilim va texnologiyalarga ega, ijodiy fikrlovchi, tashabbuskor, oldiga ulkan maqsadlarni qo'yishga va ularga erishishga qodir, o'zgarishlarga tez va oson moslashishga tayyor nomzodlar biz uchun qadrli.
Nomzodlarni tanlashning asosiy mezonlari quyidagilar:
- "Kapitalbank" ATB ning korporativ qadriyatlariga muvofiqligi;
- lavozim talablariga muvofiqligi;
- zarur kasbiy malakalarga egaligi.
Agar Siz bizning jamoamizga qo'shilishni istasangiz, o'z rezyumengizni saytda bo'sh ish o’rinlari https://kapitalbank.uz/ru/about/vacancies/list/ bo'limida qoldirishingiz mumkin.
Agar Sizda rezyume bo'lmasa, Siz Bo'sh ish o’rinlari bo’limiga biriktirilgan namunamizdan foydalanishingiz mumkin.
Qabul qilingan rezyumelar bizning rezyumelar bazamizga tushadi va saralash tanlovi asosida ko'rib chiqiladi.
Rezyumeni saytimizga joylashtirish ishga joylashishning kafolati hisoblanmaydi.