"Abu Dhabi Uzbek Investment" kichik va o'rta biznes loyihalarini rivojlantirish uchun "Kapitalbank" ATBda 10 million AQSh dollari miqdorida uzoq muddatli moliyalashtirish liniyasini ochdi. Bugun besh yillik muddatga moliyalashtirish to'g'risidagi bitim imzolandi.
"Abu Dhabi Uzbek Investment" qo'shma korxonasi 2019-yil iyul oyida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan O'zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi va Abu-Dabining e'lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollarini tashkil etuvchi taraqqiyot jamg'armasi ishtirokida yaratilgan.
Bugungi kunda "Kapitalbank" va "Abu Dhabi Uzbek Investment" o'rtasida shartnoma imzolanishi uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirishning birinchi bosqichi bo'ldi.
Ta'kidlash joizki, so'nggi olti oy davomida "Kapitalbank" ATB 100 ming AQSh dollarigacha bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishga alohida e'tibor qaratdi. Ushbu maqsadlar uchun bank zarur hujjatlarni yig'ish va rasmiylashtirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtirdi, moliyalashtirish to'g'risidagi qaror esa rasmiy buxgalteriya hisobotlariga emas, balki biznes samaradorligini haqiqiy baholashga asoslanadi. Shu bilan birga, bankning qaror qabul qilish jarayoni besh kun davom etadi. Bunday tezkorlik, loyihani baholashga norasmiy yondashuv bilan bir qatorda, tadbirkorlar va ishbilarmon doiralar orasida katta talabga ega bo'ldi.
suratda: "Kapitalbank" ATB Boshqaruv Raisi Alisher Mirzayev va "Abu Dhabi Uzbek Investment" MChJ QK Bosh direktori Timur Raxmanov shartnomani imzolagandan so'ng