Bankning korporativ kreditlash bo'yicha kredit qo'mitasi
Qo‘mita faoliyatining asosiy maqsadi Bank Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tavakkalchilik darajasi maqbul bo‘lgan korporativ kreditlash bo‘yicha bankning kreditlash operatsiyalari portfelini shakllantirish hisoblanadi.
Quyidagilar Qo’mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- yuridik shaxslar, yuridik shaxs tashkil etmagan holda yakka tartibdagi tadbirkorlarni korporativ kreditlash bo’yicha masalalarni ko‘rib chiqish;
- kredit operatsiyalar bo’yicha yuzaga kelishi mumkin bo’lgan moliyaviy yo’qotishlarni kamaytirish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bank kredit operatsiyalari bo’yicha kredit portfeli holatini nazorat qilish;
- kredit xavf-xatarini minimallashtirish, bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Markaziy bank resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
- Bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq korporativ kreditlash qismi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kredit xavf-xatarlarini boshqarish jarayoni samaradorligini nazorat qilish;
Bank chakana kreditlashi bo'yicha kredit qo'mitasi
Qo‘mita faoliyatining asosiy maqsadi Bank Kredit siyosatini amalga oshirish va Bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tavakkalchilik darajasi maqbul bo‘lgan chakana kreditlash bo‘yicha bankning kreditlash operatsiyalari portfelini shakllantirish hisoblanadi.
Quyidagilar Qo’mitaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- jismoniy shaxslarni chakana kreditlash bo’yicha masalalarni ko‘rib chiqish;
- kredit operatsiyalari bo’yicha chakana kredit portfeli holatini ichki nazorat qilish tartiblari va usullarini ishlab chiqish;
- kredit xavf-xatarini minimallashtirish, bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, Bank resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
- Bankning Kredit siyosati, mahalliy hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq chakana kreditlash qismi bo‘yicha bankning kredit xavf-xatarlarini boshqarish jarayoni samaradorligini nazorat qilish;
Moliya qo‘mitasi
Moliya qo‘mitasining funksiyalari quyidagilar hisoblanadi: Bankning adekvat to‘lovga layoqatliligida likvidlilik va daromadlilikning optimal nisbatini ta’minlash.
Qo‘mitaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- bankning biznes-rejasi va siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish;
- bankda likvidliligi bilan birgalikda olib boriladigan avtiv operatsiyalarning daromadliligini nazorat va tahlil qilinishi, hamda passiv operatsiyalarning xarajatdorligini ta’minlovchi, bank aktivlari va passivlari tuzilmasini optimallashtirish bo‘yicha uslublar, sxemalar va mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish;
- tahliliy ishlarni aktiv-passiv operatsiyalarni boshqarishga nisbatan zamonaviy boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun adekvat ma’hlumotlar olinishini ta’minlaydigan darajada tashkil etish, muvofiqlashtirish va olib borish;
- bankning bank xizmatlari bozorida va moliya bozoridagi jozibadorligini ta’minlash uchun innovatsion loyihalarni tashkil etish va muvofiqlashtirish.
Xodimlarni baholash rivojlantirish va mukofotlash qo'mitasi
Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy maqsadi - Bankning kadrlar siyosatini amalga oshirish.
Boshqarma qoshidagi HR - qo'mitasining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- bank xodimlarini boshqarish va rivojlantirish sohasidagi asosiy nizomlarni amalga oshirish;
- oldinga qo'yilgan vazifalarni samarali bajarish uchun bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlari son tarkibini monitoring qilish va optimallashtirish;
- o'z vakolati doirasida bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlariga ish haqi va boshqa to'lov turlari uchun ustamalarni belgilash / ushlab qolish / kamaytirish / oshirish;
- bank va uning tarkibiy bo'linmalari xodimlarining korporativ qadriyatlarga, ijro va mehnat intizomiga rioya etishlarini nazorat qilish;
- kollegial qarorga muhtoj bo'lgan xodimlar bilan ishlash masalalarini ko'rib chiqish.
Boshqarma qoshidagi HR- qo'mitasining vakolatiga quyidagi boshqaruv va boshqa xodimlar uchun baholash, mukofotlash, jazolash va rivojlanish dasturlari kiradi, Bank Kuzatuv kengashi tarkibidagi HR- qo'mitasi vakolatiga kiradigan xodimlar bundan mustasno:
- Bosh ofis, Markaziy operatsion bo'lim (keyingi o'rinlarda MOB), Bank xizmatlari markazi xodimlari;
- Bank Bosh ofisining nomenklaturasiga kiritilgan bank filiallari xodimlari.
- bank filiallari (boshqarmalari, bo'limlari) tarkibiy bo'linmalari rahbarlari.
Yuqoridagi xodimlarning noto'g'ri xatti-harakatlari uchun moddiy javobgarlikka tortish va intizomiy jarima choralar va ta'sir choralarini (ogohlantirish, ustamalarni ushlab qolish / kamaytirish, mukofotlarni ushlab qolish/ kamaytirish) Bankning amaldagi mahalliy hujjatlari va amaldagi qonunchilikka muvofiq HR- qo'mitasining qarori asosida amalga oshiriladi.