Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Iste'molchilar tomonidan berilgan ovozlar natijalariga ko'ra, Kapitalbank banklar orasida eng yaxshisi etib saralandi!
11.05.2020 11:50:00
Alisher Mirzaev
"Kapitalbank" ATB Boshqaruv Raisi

Xayrli kun, hurmatli mijozlar va hamkasblar.

Murojaatimning sababi "Yil brendi" tanlovida iste'molchilik sohasi va xizmat ko'rsatish sohasi brendlarini baholagan "Milliy marketing markazi"dan olgan xushxabarim bo‘ldi. Oziq-ovqatdan tortib developerlik kompaniyalarigacha - Hammasi bo'lib 20 ta nomzodlik qo‘yilgan edi.

Iste'molchilar tomonidan berilgan ovozlar natijalariga ko'ra, Kapitalbank banklar orasida eng yaxshisi etib saralandi!
So'rov mart va aprel oylarida o'tkazilgan - aslida “Kapitalbank” faoliyati o'ta og'ir paytlarda baholandi va bu biz uchun ikki baravar qimmatlidir.

Hurmatli mijozlar, ishonchingiz va biz bilan bo'lganingiz uchun tashakkur.

"Kapitalbank"ning barcha xodimlariga karantin davrida ishlaganlari uchun tashakkur bildiraman. Har biringizga alohidadan - mijozlarga xizmat ko'rsatish darchasi ortida yoki kassada himoya kombenizonlarida ishlaganlar, respublika bo'ylab har kuni bankomatlarga pul to'ldirgan, butun bank tizimlari faoliyatini ta'minlaganlar - va favqulodda vaziyatlarda yangi shakldagi ish va xizmatlarni yo'lga qo'yishga ruxsat berganlarga qo‘l uzataman. Biz bir kun ham to'xtamadik va mijozlarimiz bilan 24/7 ishladik.

Hammasi silliq o‘tmadi albatta, so'nggi bir necha oy natijalariga ko'ra, bizda hal qilinishi kerak bo'lgan vazifalar va muammolarning katta ro'yxati mavjud. Bajaramiz! Mushkul vaziyatda sizning ishingizni ko'rib, muvaffaqiyatga erishishimizga shubha qilmayman. Va biz doimo olg'a qadam tashlaymiz, mijozlarimiz uchun yanada yaxshiroq va qulayroq bo'lib, O'zbekistonda yangi bank imkoniyatlari-yu, yechimlarini taklif qilamiz va rivojlantiramiz.

Bir yil ichida biz Kapitalbankning 20 yilligini nishonlaymiz. Bizning vazifamiz bugungi kun sur'atini saqlab qolish va faoliyatimizdagi sozlash ishlarini yakunlash: xizmat ko'rsatish sifatini oshirish; banklar navbatlar va xatolarsiz ishlashi mumkinligini isbotlash; O'zbekiston aholisi uchun eng qulay bankka aylanish.

Yana bir bor rahmat. Davom etamiz!



Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech